Вакансия • SMM-менеджер, Ташкент
Biz – ATOMIKA jamoasimiz, tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim sohasida zo‘r mahsulotlar yaratamiz. Hozirda bizga ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantiradigan, auditoriyani o‘ziga jalb qiladigan va ijobiy atom vibratsiyalar bilan zaryadlaydigan SMM-menejer kerak.
Biz kimni izlayapmiz?
Biz quyidagi fazilatlarga ega bo‘lgan kreativ va tashabbuskor mutaxassisni qidirmoqdamiz:
• G‘oyalarga to‘la va ularni yorqin raqamli davrda amalga oshirishga tayyor
• Trendlarni yaxshi his qiladigan va auditoriya e’tiborini qanday jalb qilishni biladigan
• Sifatli matnlar yozadigan, kontentni vizual tarzda ko‘rsata oladigan va uni turli ijtimoiy tarmoqlarda boshqara oladigan (Instagram, Telegram – hozir hayot aynan shu yerda!)
• Eksperimentlarni yaxshi ko‘radigan va yangilikdan cho‘chimaydigan – ha, bizda bu faqat qo‘llab-quvvatlanadi!
• O‘zbek va rus tillarini bilishi – majburiy.
Nimalar bilan shug‘ullanasan?
• Ijtimoiy tarmoqlar uchun strategiya yaratish: konsepsiyadan kontent-rejagacha
• Diqqatni tortuvchi postlar, storislar va qisqa formatdagi matnlar yozish
• Postlar, storis va Reels uchun kreativ g‘oyalarni yaratish: dizayner bilan ishlash, suratga olish uchun g‘oyalar ishlab chiqish, ssenariylar yozish.
• Natijalarni tahlil qilish ( охват, konversiya, jalb qilish) va ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shunda ijtimoiy tarmoqlarimiz o‘sadi va auditoriya brendga oshiq bo‘ladi.
• Obunachilar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish: ilhomlantirish, izohlarga javob berish, fikr-mulohazalar bilan ishlash.
• Trendlardan xabardor bo‘lish va zamonaviy mavzularni tezda kontentga qo‘shish – ijtimoiy tarmoqlarimiz har doim to‘lqinda bo‘lishi uchun.
Biz nima taklif qilamiz?
• Tez o‘sayotgan loyiha bilan ishlash: atom g‘oyani birgalikda kengaytiramiz va katta maqsadlarga erishamiz.
• Ijodiy erkinlik: kompaniya qadriyatlariga mos holda eksperimentlar va o‘z qarashlaringni qo‘llab-quvvatlaymiz.
• Qo‘llab-quvvatlash va rivojlanish: tajriba ulashamiz, fikr bildiramiz, soft-skills va tahliliy yondashuvni rivojlantiramiz.
• Munosib ish haq: bu sening ko‘nikmalaring va imkoniyatlaring asosida individual tarzda kelishiladi.
Agar shu yerga qadar o‘qigan bo‘lsang – demak, aynan biz izlayotgan inson sensan! Portfoliongni yubor – biz albatta aloqaga chiqamiz.
Keling, ijtimoiy tarmoqlarni birgalikda portlatamiz!
ПОДЕЛИТЬСЯ
Похожие вакансии:
Работа в России, Ташкент - Свежие вакансии на Kit-Jobs.Ru
Работа в городах России - свежие вакансии (469929) на Kit-Jobs.Ru: Вакансия работодателя • ATOMIKA - SMM-менеджер, Ташкент. Здесь Вы можете ознакомиться с вакансией работодателя бесплатно онлайн.
Наш портал является бесплатным онлайн сервисом поиска работы по базе вакансий от прямых работодателей, по размеру заработной платы и прочим параметрам в регионе Ташкент. На портале также имеются такие разделы как: ежедневно обновляемая база свежих вакансий по всем городам России, юридические консультации, сервисы, форма для создания резюме онлайн в формате .DOC, новости рынка труда России и другие разделы.