Вакансия • Marketing / biznes-assistent, Ташкент
Salom! Men Abdullo Nasullayev, tadbirkor va strategman.
Mening ixtisosligim — biznesni tizimli o‘sishga olib chiqish. So‘nggi yillarda men yilning eng yaxshi ta’lim loyihasi (Modul 5) rahbarligidan tortib, O‘zbekistonning yirik biznes egalari va siyosatchilari uchun shaxsiy brend yaratishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdim. Bugungi kunda jamoamiz bilan $30 mlnlik ko‘chmas mulk ob’ektlarini realizatsiya qilyapmiz va 3 oy ichida xalqaro Euromed maktabi ko‘rsatkichlarini uch baravar oshirdik.
Nega men aynan sizni qidiryapman?Loyihalarimning soni va ko‘lami tobora ortib bormoqda. Menga ushbu jarayonlarni tizimli va samarali boshqarishda ko‘maklashadigan inson kerak. Men shunchaki “yordamchi” emas, balki biznes jarayonlariga xuddi men kabi chuqur kirishishga tayyor bo‘lgan o‘ng qo‘limni qidiryapman.
Men bilan ishlash orqali nimalarga ega bo‘lasiz:-
Noyob tajriba: Siz men bilan 24/7 birga bo‘lib, hech qaysi universitetda berilmaydigan amaliy bilimlarni olasiz.
-
Elitaga yo‘l: Mamlakatning eng nufuzli va muvaffaqiyatli insonlari davrasida bo‘lasiz.
-
Unikal natija: Biz bozorda hech kim qilmagan natijalarni, hech kim qo‘llamagan usullarda amalga oshirmoqdamiz. Siz shu muvaffaqiyatning ajralmas qismi bo‘lasiz.
-
Karyera lifti: Bu marketing va boshqaruvning yuqori ligasiga olib boradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘ldir. Mening sobiq assistentlarim hozirda o‘z sohalarining liderlari hisoblanadi.
-
CustDev va raqobatchilarni chuqur tahlil qilish.
-
Kuchli sotuvchi matnlarni yozish.
-
Vazifalarni treking qilish va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.
-
Meni operatsion va marketing vazifalaridan ozod qilish.
-
22+ yoshda bo' lsangiz (yigit kishi bo‘lishi afzal).
-
Rus va ingliz tillarini mukammal bilsangiz (bu juda muhim).
-
Marketingda amaliy tajribangiz bo‘lishi shart.
-
Tabiatan farosatli, mas' uliyatli va tartibli inson bo' lsangiz.
-
Hayotda nima xohlashingizni aniq bilsangiz va 24/7 aloqada bo‘lishga tayyor bo‘lsangiz.
-
Grafik: 6/1, doimiy aloqada.
-
Manzil: Loyihalarimiz ofisi.
-
To‘lov: Boshlanishiga 5-6 mln so‘m. Yakuniy miqdor sinov muddati o‘tgach muhokama qilinadi va belgilanadi.
Biz shunchaki chetdan maslahat bermaymiz — biz jarayonga kirishamiz va natija uchun javob beramiz.
Agar siz shunday shiddatli sur’atga tayyor bo‘lsangiz va katta maqsadlarning bir qismi bo‘lishni istasangiz — keling, tanishamiz!
Arizangizni topshirishga ulgurib qoling, vakansiya 20.01 gacha amal qiladi.
ПОДЕЛИТЬСЯ
Похожие вакансии:
Работа в России, Ташкент - Свежие вакансии на Kit-Jobs.Ru
Работа в городах России - свежие вакансии (469929) на Kit-Jobs.Ru: Вакансия работодателя • EUROMED STUDY - Marketing / biznes-assistent, Ташкент. Здесь Вы можете ознакомиться с вакансией работодателя бесплатно онлайн.
Наш портал является бесплатным онлайн сервисом поиска работы по базе вакансий от прямых работодателей, по размеру заработной платы и прочим параметрам в регионе Ташкент. На портале также имеются такие разделы как: ежедневно обновляемая база свежих вакансий по всем городам России, юридические консультации, сервисы, форма для создания резюме онлайн в формате .DOC, новости рынка труда России и другие разделы.





