Вакансия • Raqamli biznes departamenti yetakchi mutaxassis (Tester), Ташкент
Vazifalar:
- Mobil (iOS/Android) ilova va Internet-bankingning funksional, integratsion, regression, E2E va UI testlarini rejalashtirish va amalga oshirish
- Test rejalarini, test-case va test-scenariylarni yaratish, saqlash va yangilash
- Avtomatlashtirilgan test skriptlarini ishlab chiqish, ularni CI/CD pipeline’ga integratsiya qilish va muntazam ijroga tushirish
- API va backend integratsiyalarini testlash (Postman, avtomatlashtirilgan testlar orqali) hamda ma’lumot almashuvini tekshirish
- Xatoliklarni aniqlash, reproduktsiyalash, prioritetlash va JIRA orqali kuzatish developer va PM jamoasi bilan muammo yechimini ta’minlash
- Performance/yuk ostida testlar o‘tkazish va natijalarni tahlil qilib takliflar berish
- Xavfsizlik talablarini tekshirish, infosec jamoasi bilan birgalikda penetratsiya/secure-review jarayonlarida ishtirok etish
- Test muhitlarini yaratish va boshqarish, test ma’lumotlarini tayyorlash va maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
- UAT va pre-release tekshiruvlarda ishtirok etish, release-checklistlarni bajarish
- Test natijalari bo‘yicha texnik va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash, protsesslarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Talablar:
- Oliy ma' lumot (axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring, kompyuter fanlari yoki tegishli sohalarda)
- Bank yoki fintech loyihalarida mobil ilovalar va veb (Internet-banking) testlash bo‘yicha kamida 1 yil tajriba
- Manual (qo‘lda) testlash bo‘yicha mustahkam bilim: test rejalari, test-case, test-senario va regression testlarni tuzish va boshqarish
- Avtomatlashtirilgan test yozish va ijro etish tajribasi (Appium, Selenium, XCUITest, Espresso yoki shunga o‘xshash ramkalar)
- API testlash bo‘yicha amaliy tajriba: Postman, SoapUI REST/GraphQL, JSON, XML bilan ishlash
- Test boshqaruv va xatoliklarni kuzatish vositalari: JIRA, TestRail, Zephyr yoki shunga o‘xshashlar bilan ishlash tajribasi
- CI/CD jarayonlari va avtomatlashtirilgan testlarni integratsiya qilish bo‘yicha tushuncha (Jenkins, GitLab CI/CD yoki shunga o‘xshash)
- Versiya nazorati: Git bilan ishlash ko‘nikmasi
- Mobil qurilmalar va emulyatorlar bilan ishlash: haqiqiy qurilmalar (device farm), Android Studio, Xcode tajribasi
- Performance/load testlar bo‘yicha boshlang‘ich tajriba (JMeter, Gatling yoki shunga o‘xshashlar) — afzallik
- Xavfsizlik bo‘yicha asosiy bilimlar: OWASP (web va mobile), ma' lumotlarni himoyalash prinsiplaridan xabardorlik to‘lov oqimlari (card processing, 3DS) haqida tushuncha afzallik hisoblanadi
- Test automation scripting tillarida tajriba (Python, Java, Kotlin yoki JavaScript) — kamida bittasida amaliy ish
- Ingliz tilida texnik hujjatlarni o‘qiy olish o‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish
- Diqqat-e' tibor, tizimli fikrlash, muammolarni tez aniqlash va bartaraf etish, jamoada samarali ishlash qobiliyati
- ISTQB yoki shunga o‘xshash sertifikatlar afzallik sifatida hisoblanadi.
Ish sharoiti:
-To’liq ish kuni 5/2 (9.00–18.00)
-Ish joyi bankning markaziy idorasida
-Kelishilgan ish haqi
ПОДЕЛИТЬСЯ
Похожие вакансии:
Работа в России, Ташкент - Свежие вакансии на Kit-Jobs.Ru
Работа в городах России - свежие вакансии (469927) на Kit-Jobs.Ru: Вакансия работодателя • АКБ «Банк развития бизнеса» - Raqamli biznes departamenti yetakchi mutaxassis (Tester), Ташкент. Здесь Вы можете ознакомиться с вакансией работодателя бесплатно онлайн.
Наш портал является бесплатным онлайн сервисом поиска работы по базе вакансий от прямых работодателей, по размеру заработной платы и прочим параметрам в регионе Ташкент. На портале также имеются такие разделы как: ежедневно обновляемая база свежих вакансий по всем городам России, юридические консультации, сервисы, форма для создания резюме онлайн в формате .DOC, новости рынка труда России и другие разделы.