Вакансия
Город

Вакансия • Sales manager | Sotuv menejeri, Ташкент

New,
📆 2026-02-20
Работа • Ташкент
З/п 15000000 ք
Mohirdev (Вакансия работодателя)
Адрес места работы:
Ташкент, улица Махтумкули, 112
Тип занятости: Полная занятость
График работы: Полный день
Kiruvchi qoʻngʻiroqlar, “issiq” mijozlar, chegarasiz daromad

Agar mijoz “oʻz xohishi” bilan harid qiladigan darajada sotishni bilsangiz - jamoaga xush kelibsiz. Qogʻozdan oʻqib, skript boʻyicha ishlaydigan “kol markaz” xodimlari biz uchun emas. Bizga natijaga ishlaydigan, sotuvdan zavq oladigan, davomat emas, daromad uchun yonadigan super sotuvchilar kerak.

Daromad qancha oʻzi?
  • Fiks + bonuslar

  • Kuchli menejerning oʻrtacha daromadi oyiga 15 000 000 soʻm

  • Chegara yoʻq - hammasi sizning konversiyangiz va mijozni toʻlovga olib borish tezligingizga bogʻliq

  • 6 oylik muddatli toʻlov bor, lekin biz toʻliq summani bittada yopadigan sotuvchilarni qadrlaymiz (ragʻbatlantirish ham shunga yarasha)

Bizga - kursni oʻtkazish emas, uning asl qiymatini koʻrsatish orqali sotuv qiladigan odamlar kerak.

Nima sotasiz?

Oʻzbek tilidagi eng zoʻr AyTi kurslarini. Mijozlarimiz - “nimadir qilib koʻrgan”, mavzudan xabardor, lekin tizimli bilimi, yoʻl xaritasi va oʻziga ishonchi yoʻq insonlar. Sizning vazifangiz pazlni yigʻib berish: maqsad → daraja →yoʻnalish→yechim→toʻlov.

Kundalik vazifalaringiz nimalardan iborat?
  • Kiruvchi qoʻngʻiroqlarga javob berish

  • Muzokaralarni olib borish: ogʻriqni aniqlash→kursni qiymatini ochib berish→ehtiyojni yopish

  • Jarayonni emas natijani koʻrsatish: kursdan soʻng bitiruvchi nima qila oladi, uning koʻnikmalari/ishi/daromadi/hayoti qanday oʻzgaradi

  • Bosim qilmasdan sotish: qayta bogʻlanish, qaror qabul qilishga olib kelish, aloqani ushlab turish

  • CRMni intizom bilan yuritish: bosqichlar, rad etish sabablari, keyingi qadamlar.

    Bizga kim kerak?

    Majburiy talablar:

  • Telefon orqali sotish tajribasi

  • Ishonch bilan muzokara olib borish: diagnostika, qiymat, yopish
    Kuchli ustunlik:

  • “Qimmat” degan eʼtirozga taslim boʻlmasdan, narxni ushlab turish

  • Mijoz bo‘lib to‘lashni so‘rasa ham, to‘liq (bir martalik) to‘lovga olib kelish

  • Sifatni tushurmagan holda, bir vaqtda bir nechta mijoz bilan ishlash

  • Chiroyli muloqot va savodxonlik rus tilini bilish katta ustunlik boʻladi

  • Mahsulotni tez oʻrganib, sodda soʻzlar bilan tushuntira olish

  • Tizimli yondoshuv: voronka, aloqalar oʻrnatish tezligi, vazifalar nazorati

  • Tajovuz emas qat’iyat: bosim oʻtkazmay - yechim tomon yetaklash.

  • Stressga chidamlilik: “o‘ylab ko‘raman” degan gapga sinmasdan, ishni oxirigacha yetkazishingiz.

  • Jamoadoshlik: metodistlar/kuratorlar bilan ishlash.

    Puldan boshqa nima taklif qilamiz?
  • Ekspertlar jamoasi va netvorking

  • Sinov muddatidan soʻng istalgan kursda oʻqish

  • Sotuv menejerlari uchun treninglar va kurslar

  • Karyera oʻsishi va rahbariyat bilan yaqindan ishlash. Natija koʻrsatganlarni darhol payqaymiz.

  • Bonuslar, shu jumladan motivasion dasturlar doirasida sayohatlar.

  • Barcha sharoitlarga ega, shinam, ofis.

    Bu ish kimlar uchun emas
  • Reja va bosimlarsiz, tinch ishlashni xohlaydiganlar

  • Kasbini sevmaydigan, natija uchun javob bermaydiganlar

  • CRM toʻldirishni boshqalarga qoldiradiganlar

    Sizni tez topib olishimiz uchun qanday bogʻlanish kerak?
    Telegramda Mohirdev_HR akkauntiga quyidagilarni yuboring:
  • Qoʻngʻiroq orqali necha yil nima sotgansiz

  • Sizning eng yaxshi natijangiz (konversiya/plan/daromad)

  • “Men sotuvga olib boradigan menejerman chunki…” deb boshlangan jumlaning yakuni

    Yuqoridagi koʻrinishda yuborilmagan xabarlar javobsiz qoladi. Iltimos, aynan biz soʻragan ketma-ketlikda yozing.

Опыт работы (лет): От 1 года до 3 лет
Адрес на карте:
Updated: 21 February 2026


ПОДЕЛИТЬСЯ


Дистанционное обучение ВКонтакте онлайн Дистанционное обучение TikTok онлайн Дистанционное обучение YouTube онлайн Дистанционное обучение онлайн

Похожие вакансии:

Менеджер маркетплейсов Kaspi, офлайн
Костанай •
TOP100KROSS
З/п: от 8000 до 10000 KZT

Продавец-кассир
Алматы •
Open Gamer
З/п: от 8000 до 10000 KZT

Продавец-консультант
Астана •
Сейтенова
З/п: от 250000 до 400000 KZT

Администратор
Брест •
СНИКЕРКЛИН
З/п: от 1000 до 1300 BYR

Менеджер (оптовый склад цветы)
Уральск •
Цветы Уральска
З/п: от 250000 до 500000 KZT

Помощница/помощник администратора в Аэропорт
Ташкент •
ZERNO
З/п: от 5000000 до 12000000 UZS

Работа в России, Ташкент - Свежие вакансии на Kit-Jobs.Ru

Работа в городах России - свежие вакансии (469926) на Kit-Jobs.Ru: Вакансия работодателя • Mohirdev - Sales manager | Sotuv menejeri, Ташкент. Здесь Вы можете ознакомиться с вакансией работодателя бесплатно онлайн.

Наш портал является бесплатным онлайн сервисом поиска работы по базе вакансий от прямых работодателей, по размеру заработной платы и прочим параметрам в регионе Ташкент. На портале также имеются такие разделы как: ежедневно обновляемая база свежих вакансий по всем городам России, юридические консультации, сервисы, форма для создания резюме онлайн в формате .DOC, новости рынка труда России и другие разделы.





Возможно вам это интересно:


Работа в России от прямых работодателей свежие вакансии - Kit-Jobs.Ru Work in Russia 
Сбор на IT-проект
ПОЖЕРТВОВАТЬ




Saturday 21 February 2026


+
facebook