Вакансия • Бизнес ассистент/Помощник руководителя, Ташкент
Diqqat! Arizalar 28-fevralgacha qabul qilinadi!
Salom!
Biz O‘zbekistondagi yetakchi turizm kompaniyalaridan birining asoschisiga biznes-assistent izlayapmiz.
Asosiy yo‘nalishimiz - Umra ziyorat turlari, bu yo‘nalishda biz 4 yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritamiz.
Kompaniyamizda ikki ofis mavjud: Madina (mijozlarga hizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruh) va Toshkent (sotuv va marketing bo‘limi).
Yaqin rejalarda - yo‘nalishlarni kengaytirish va yangi loyihalarni rivojlantirish.
Asosiy vazifalar:
- Ikkala ofis rahbarlarining topshiriqlarini nazorat qilish
- Marketing jamoasi bilan ishlash - hisobotlarni yig‘ish, jarayonlarni nazorat qilish, leadlar sifatini baholash
- Kalendar yuritish va onlayn uchrashuvlarni tashkil etish
- Xodimlarni yollash jarayonida HR va nomzodlar bilan muloqot qilish
- Yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash - bozorni tahlil qilish, pudratchilar va yetkazib beruvchilarni topish
Talablar:
O‘zbek va ingliz tillarini B2–C1 darajada bilish
Arab tilini bilish katta ustunlik hisoblanadi
Marketing va savdo sohalarida asosiy bilimlarga ega bo‘lish
Ziyorat marosimlari haqida tushunchaga ega bo‘lish
Ish sharoitlari:
- Ish formati: masofaviy
- Ish jadvali: 5/2, soat 10:00 dan 20:00 gacha, doimo aloqada bo‘lish talab qilinadi
- Kasbiy o‘sish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati
- Maosh: sinov muddati (2 oy) davomida - 600$, sinov muddatidan so‘ng - 800$
Agar siz sayohat va ma’naviy safarlar mavzusiga qiziqsangiz hamda rivojlanayotgan xalqaro kompaniya jamoasining bir qismi bo‘lishni istasangiz —
“Ariza topshirish” tugmasini bosing va bizning jamoamizga qo‘shiling!
Arizalar 28-fevralgacha qabul qilinadi!
ПОДЕЛИТЬСЯ
Похожие вакансии:
Работа в России, Ташкент - Свежие вакансии на Kit-Jobs.Ru
Работа в городах России - свежие вакансии (469926) на Kit-Jobs.Ru: Вакансия работодателя • KUDRATOVA IRODA - Бизнес ассистент/Помощник руководителя, Ташкент. Здесь Вы можете ознакомиться с вакансией работодателя бесплатно онлайн.
Наш портал является бесплатным онлайн сервисом поиска работы по базе вакансий от прямых работодателей, по размеру заработной платы и прочим параметрам в регионе Ташкент. На портале также имеются такие разделы как: ежедневно обновляемая база свежих вакансий по всем городам России, юридические консультации, сервисы, форма для создания резюме онлайн в формате .DOC, новости рынка труда России и другие разделы.





